Yangiliklar

25.09.2026 Rasm

Tadbir

Bugun Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida xorijiy mutaxassislar ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tashrif buyurgan mutaxassislar jurnalistika, kompyuter lingvistikasi hamda fan va ta’limning boshqa zamonaviy yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruzalar bilan chiqish qildilar. Uchrashuv davomida o‘zaro tajriba almashildi, dolzarb ilmiy yo‘nalishlar, zamonaviy texnologiyalar va kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Tadbir bilim va tajriba almashish, shuningdek, yangi professional aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun yaxshi imkoniyat yaratdi.

16.09.2026 Rasm

Universitet to‘garaklari faoliyati yangi talabalar e’tiboriga havola etildi

Joriy yilning 16-sentabr kuni universitetimiz Madaniyat saroyida 1-kursga qabul qilingan talabalar uchun universitetda faoliyat yuritayotgan to‘garaklar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida oliy maktabimiz vakillari - Gulnoza Nazrullayeva, Ruxsora Elmuratova, Azamat Akbarov, Mavluda Urazaliyeva hamda Oydinoy Zoidjonova talabalarni oliy maktabimizdagi ilmiy-ma’rifiy to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishtirdilar. Taqdimotda nafaqat Sharq xalqlari tili va adabiyoti instituti, balki universitetning barcha fakultetlari talabalari uchun professor-o‘qituvchilar tomonidan tashkil etilgan to‘garaklar haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, tarjimashunoslik yo‘nalishidagi «Yosh tadqiqotchilar maydoni», jurnalistika yo‘nalishidagi «Sharqshunos minbari» hamda kompyuter lingvistikasi yo‘nalishidagi «Python dasturlash tili» ilmiy to‘garaklarining maqsad va vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari hamda ish rejalari haqida ma’lumot berildi. Tadbir davomida talabalar to‘garaklarda ishtirok etish tartibi, mashg‘ulotlar mazmuni va kelgusidagi loyihalar bilan ham yaqindan tanishdilar. Mazkur to‘garaklar talabalarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatiga qiziqishini oshirish, ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish hamda amaliy tajribasini boyitishga xizmat qiladi.

10.09.2026 Rasm

2026-yil 10-sentabr kuni ARM-2da 1-kurs talabalari uchun tadbir tashkil etildi.

026-yil 10-sentabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Tarjimashunoslik, tilshunoslik va xalqaro jurnalistika oliy maktabida 1-kurs talabalari uchun ARM-2da ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida talabalarga oliy maktab faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, o‘quv jarayoni, universitetning ichki tartib-qoidalari hamda talabalarga yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, birinchi bosqich talabalarining universitet hayotiga moslashishi, ta’lim jarayonida faol ishtirok etishi va mavjud axborot-resurslardan samarali foydalanishi bo‘yicha tavsiyalar berildi.

16.08.2026 Rasm

Tadbir

27.06.2026 Rasm

Tadbir

27.06.2026 Rasm

Tadbir

27.06.2026 Rasm

Tadbir

27.06.2026 Rasm

Tadbir